Faq

Getcontact pullik dasturmi?

Getcontact'dan bepul foydalanishingiz mumkin. Yuqori imkoniyatlar bilan ma'lum funksiyalardan foydalanishga imkon beruvchi turli xil obunalarni taklif etamiz. Obuna taklif va narxlari bir mamlakatdan boshqasiga farq qilishi mumkin. Mintaqangizda Premium mavjud bo'lsa, Premium takliflarimizni Profil sahifasida tekshirishingiz mumkin.

Mening Getcontact akkountim faollashtirilmadi, men hech qanday PIN kodni qabul qilmadim.

Dastlab, raqamni to'g'ri kiritganingizga ishonch hosil qiling. Telefon raqamingiz to'g'ri bo'lsa va siz hali ham PIN kodni qabul qilmasangiz, 15 daqiqali intervallarda yana urinib ko'ring. Muammo davom etsa, biz bilan  support@getcontact.com orqali bog'laning.

Ismlar orqali qidirishim mumkinmi?

Getcontact qo'g'iroq egalarini faqat telefon raqamlari orqali aniqlaydi. Afsuski, ism bo'yicha qidirishning imkoni yoq.

Qanday telefon raqami spam sifatida ro'yhatga olinadi?

Spam identifikatsiyasi xavfsizlikni yuqori darajada ushlab turadigan maxsus algoritm bilan ishlab chiqilgan. Getcontact millionlab foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini ko'rib chiqadi va qo'ng'iroqning spam yoki spam emasligini aniqlaydi. Biz bu yo'nalishda kundan-kunga texnologiyamizni yaxshilashni davom ettirmoqdamiz.

Qanday qilib raqamni bloklashim va spam sifatida xabar berishim mumkin?

Kirish raqamini qidirganingizda "Xabar qilish" tugmachasidan foydalanib, belgilangan kategoriyalar bilan xabar berishingiz yoki bloklashingiz mumkin.

- Agar siz raqamni faqatgina xabar qilsangiz, u sizga keyinroq SPAM sifatida ko'rsatiladi.

- Agar siz xabar qilib va bloklasangiz, siz bu raqamdan boshqa qo'ng'iroqlarni qabul qilmaysiz.

Spam-qo'ng'iroqlardan o'zimni qanday himoya qila olaman?

Agar siz iOS qurilmasidan foydalansangiz;

Getcontact pastki menyusidagi " Himoya qilishni yoqish " tugmachasini bosib, ko'rsatmalarga muvofiq spam muhofazasini faollashtirishingiz mumkin.

Ushbu qadamdan so'ng, spam-ekranni pastga surib,      "Spam sozlamalari"da "Tahrirlash sozlamalari"ni bosish orqali "barcha spam-qo'ng'iroqlarni bloklash" va "yolg'on qo'ng'iroqlar va spam uchun ogohlantirish ko'rsatish" dan birini tanlashingiz mumkin.

Agar siz Android qurilmasidan foydalansangiz;

Spam himoyasini ikki xil usulda faollashtirishingiz mumkin:

- Ilovani o'rnatganingizda, muayyan ruxsatlarni taqdim qilsangiz, spam himoyasi faollashadi.

- Siz bunday ruxsatlarni bermagan bo'lsangiz, pastdagi menyuda "SPAM" ilovasidan kirishingiz mumkin bo'lgan "Himoyalashni yoqish" menyusidagi ko'rsatmalarga muvofiq spam himoyasini yoqishingiz mumkin.

Ushbu qadamdan so'ng, spam-ekranni pastga surib,      "Spam sozlamalari"da "Tahrirlash sozlamalari"ni bosish orqali "barcha spam-qo'ng'iroqlarni bloklash" va "yolg'on qo'ng'iroqlar va spam uchun ogohlantirish ko'rsatish" dan birini tanlashingiz mumkin.

Men tasodifan raqamni spam sifatida belgiladim. Buni qanday tuzatishim mumkin?

Raqamni qidirishdan keyin ekranda paydo bo`ladigan "Blokni ochish" tugmachasidan foydalanib siz uni blokdan ochishingiz va spam ro'yhatidan olib tashlashingiz mumkin.

Pastki menyuda "Spam" tugmasini bosib, sahifani pastga suring, "Spam sozlamalari" dan "Blok ro'yhati" -ga kirishingiz va spam deb belgilangan raqamni spam ro'yxatidan chapga surish orqali olib tashlashingiz mumkin. 

Nima uchun barcha qo'ng'iroqlarda qo'ng'iroq qiluvchining ma'lumotlarini ko'rish imkoniyati yo'q?

Getcontact foydalanuvchilarining ma'lumotlari maxfiyligi haqida qayg'uradi. Biz ko'rinadigan bo'lishni xohlamagan foydalanuvchi uchun identifikatsiyalash imkonini bermaymiz.

Getcontact PIN nima?

Biz bergan ma'lumotlarning aniqligi biz uchun juda muhimdir. Raqamingizni bir martalik kod bilan tasdiqlashingiz kerak, shunda biz sizga va boshqa foydalanuvchilarga Getcontact orqali yanada yaxshi xizmat ko'rsatamiz.

Teg nima? Teglarni qanday qo'shishim mumkin?

Teg - bu boshqa foydalanuvchilar tomonidan Getcontact foydalanuvchisi uchun kiritilgan (taxallus, nom, ism, va hokazo). Bu teglar foydalanuvchi tomonidan boshqarilishi mumkin.

Siz teglarni Getcontact foydalanuvchilariga foydalanuvchi profilidagi "Teg qo'shish" bo'limidan qo'shishingiz mumkin.

O'zim uchun teglar qo'shishim mumkinmi?

Getcontact jamiyat standartlari bo'yicha siz faqat boshqa foydalanuvchilar uchun teglarni qo'shishingiz mumkin; Lekin siz teglaringizni boshqarishingiz mumkin.

Teglarimni qanday boshqarishim yoki o'chirishim mumkin?

Getcontact'ning pastki menyusidagi "Boshqa" bo'limida "Profilni ko'rsatish"ga tegish orqali profilingizdagi teglaringizni ko'rishingiz va boshqarishingiz mumkin. Tahrir qilmoqchi bo'lgan tegni chap tomonga suring.

Getcontactda profilimning nomini qanday o'zgartirishim mumkin?

Ko'rinadigan ismingizni profilingizdan o'zgartirishingiz mumkin. Tahrirlaganingizda, yangilangan profilingiz qidiruv natijalarida ustunlikka ega bo'ladi.

Kontaktlarda telefon raqamimni qanday ko'rinmaydigan qilishim mumkin?

Ko'rinish sozlamalaringizni quyidagi havola orqali o'zgartirishingiz mumkin: https://www.getcontact.com/manage

O'zgartirishlar bizning serverlarimizda 24 soat ichida yangilanadi.

Qo'ng'iroqlar / Qidiruv tariximni qanday o'chirishim mumkin?

Agar siz iOS qurilmasidan foydalansangiz;

Qidiruv menyusidagi "Hammasini tozalash" tugmachasini bosib, barcha qidiruv tarixini o'chirib tashlashingiz mumkin.

Agar siz Android qurilmasidan foydalansangiz;

Yuqoridagi menyuda  "Tozalash" "tugmachasidan foydalanib, qidiruv tarixini o'chirishingiz mumkin. Qo'ng'iroqlar ro'yxatini tozalash uchun telefoningizning qo'ng'iroq tarixini tozalash kerakligini ham yodda tuting.

Nima uchun noma'lum qo'ng'iroq qiluvchilar aniqlanmagan?

Noma'lum qo'ng'iroq qiluvchilar GSM operatorlari tomonidan boshqariladi. Getcontact raqamni aniqlashi uchun raqam no'malum bo'lmasligi kerak.

Nima uchun kiruvchi qo'ng'iroqning kimligini bilmayman?

IOS qurilmalarida faqat spam sifatida belgilangan qo'ng'iroqlar aniqlanadi. Android qurilmalarida ushbu sozlama yoqilgan bo'ladi. Agar siz qo'ng'iroq qiluvchining kimligini ko'ra olmasangiz, iltimos, barcha kerakli ruhsatlarni berganingizga ishonch hosil qiling. Ushbu imkoniyatni dasturdagi ruhsatnomalarni yoki telefoningiz sozlamalarini o'zgartirish orqali faollashtirishingiz mumkin.

Nima uchun faqat bitta natijani ko'raman?

Hamma teglarni ro'yxatlashingiz uchun berilgan raqamning egasi Getcontact foydalanuvchisi bo'lishi kerak.

Xatolik kodi 5001 nima?5001

Getcontact serverlariga vaqtincha kirish muammosi tufayli ushbu xatolikni olishingiz mumkin. Dasturdan chiqqaningizdan keyin biroz vaqt kutib turing va keyinroq qayta urinib ko'ring.

Xatolik kodi 5003 nima?5003

Ushbu xatolik kodi uchun bir nechta sabablar bo'lishi mumkin. Dasturni ishlatish uchun faol internet aloqasi bo'lishi kerak. Iltimos, internet aloqasini teshkiring. Bu muammo hukumatlar tomonidan ayrim IP yoki domenlarda kiritilgan cheklovlar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.

Men uchun kim teglar qo'shganini ko'rishim mumkinmi?

Foydalanuvchi teglari anonim ekanligi sababli sizga kim teglar qo'shganini ko'rishning iloji yo'q.

Mening telefon raqamim spam deb belgilangan.

Getcontact raqamlarni rivojlangan algoritm bilan spam deb belgilaydi. Agar raqamingiz noto'g'ri spam deb belgilangan deb hisoblasangiz, iltimos, support@getcontact.com manziliga murojaat qiling. Sizning raqamingiz "Getcontact" mutaxassisi tomonidan tekshiriladi. SPAM filtrimizdagi raqamingiz uchun biron-bir o'zgartirish kiritishga yoki u yerdan o'chirib tashlashimizga kafolat bermaymiz.

Mening telefon kitobi kontaktim Getcontact'dan foydalanadigan boshqa shaxslar tomonidan qidirilaoladimi?

Telefon kitobingizdagi kontaktlar hech qachon jamoatchilik yoki Getcontact tomonidan qidirilishi mumkin emas. Agar rozilik bersangiz va siz tomoningizdan berilgan ruhsat faqatgina bitta maqsadda foydalanilsa,  telefon kitoblari kontaktlaringizga ulanish uchun ruhsat berilishi mumkin. Sizga eng yaxshi foydalanuvchi tajribasini taqdim etish va ba'zi Getcontact imkoniyatlaridan yaxshiroq foydalanishingiz uchun bizga telefon kitoblaringizga ulanish uchunruhsat kerak.

Raqamimni o'zgartira olamanmi?

 Getcontact akkauntingizda raqamingizni almashtirish imkoni yo'q. Agar hozirgi GetContact raqamingiz endi mavjud bo'lmasa va sizda yangisi mavjud bo'lsa, siz hozirgi obunani bekor qilishingiz va dasturdan chiqishingiz mumkin. Keyin yangi raqamingiz uchun yangi akkaunt yarating. Yangi raqamingiz uchun Premium obunani va boshqa huquqlaringizni yangi raqamingizga o'tkazish uchun quyidagi usullardan foydalanishni tavsiya qilamiz:

- Agar Premium hisob-faktura Google Play yoki Apple Store orqali amalga oshirilsa, Premiumga obuna imtiyozlarni dasturdagi Premium sahifasida " xaridlarni qayta tiklash " ga teging va yangi raqamga o'tkazing. Agar siz hisob-fakturaning amalga oshirilgan hisobiga kira olmasangiz, Premium huquqlaringizni yo'qotasiz.

- Agar hisob-faktura kredit karta yoki uyali aloqa operatori tomonidan amalga oshirilsa, iltimos, support@getcontact.com manziliga murojaat qiling. Getcontact mutaxassisi vaziyatni ko'rib chiqadi va xaridlaringizni yangi raqamingizga o'tkazadi. Shuni esda tutingki, bunday holda xaridlar sizning avvalgi raqamingiz uchun mavjud bo'lmaydi.

Raqamimni kim izlaganini bila olamanmi?

Faqat Premium foydalanuvchilarga raqamingiz necha marta va qaysi vaqtda qidirishganligi haqida cheklangan ma'lumot beriladi. Faqatgina teglaringizni batafsil ko'rib chiqqan foydalanuvchilarni ko'rishingiz mumkin. Ammo, ushbu ma'lumotlarga kirish uchun teglaringizni ko'rgan shaxs o'z sozlamalarida "Maxsus rejim" ni o'chirib qo'yishi kerak. "Maxsus rejim" sozlamasi yoqilgan bo'lsa, siz "Anonim" sifatida bu foydalanuvchini  ko'rasiz.

Obunani qanday qilib boshlashim mumkin?

Siz Getcontact obuna to'plamlarini pastki menyu "Boshqa" bo'limidagi "Getcontact Premium"dan ko'rib chiqishingiz va xohlasangiz boshlashingiz mumkin.

Siz shuningdek kredit karta yoki uyali aloqa operatori bilan quyidagi link orqali to'lovni amalga oshirishingiz mumkin: https://premium.getcontact.com Iltimos, Getcontact Premium hamma mamlakatda sotilmaydi. Premium takliflarimiz faqat quyidagi mamlakatlarda mavjud:

  • Rossiya
  • Qozog'iston
  • Ukraina
  • Qirg'iziston
  • Ozarbayjon
  • Armaniston
  • Indoneziya
  • Braziliya
  • Bahrayn
  • Misr
  • Iordaniya
  • Quvayt
  • Livan
  • Ummon
  • Qatar
  • Saudiya Arabistoni
  • Birlashgan Arab Amirliklari
  • Yaman
  • Isroil

Getcontact'dan foydalanadigan elektron pochta manzilimni qanday o'zgartirish mumkin?

Pastki menyudagi "Boshqa" bo'limidan "Profilni ko'rsatish" ga o'tish orqali elektron pochta manzilingizni o'zgartirishingiz mumkin.

Getcontact profilimga boshqa raqamni qo'shishim mumkinmi?

Getcontact profilingizni faqat bitta telefon raqami bilan foydalanishingiz mumkin.

Mening bepul foydalanish huquqim qachon yangilanadi?

Limitlaringiz har oyning birinchi kunida yangilanadi. Qolgan limitlarni tekshirish uchun siz quyidagi bosqichlarni bajarishingiz mumkin: Boshqa> Getcontact Premium> Obunalar> Obuna haqida ma'lumot.

Qolgan obuna limitini qanday bilishim mumkin?

Quyidagi amallarni bajarish orqali qolgan limitni tekshirishingiz mumkin: Boshqa> Getcontact Premium > Obuna haqida ma'lumot.

Xatolar haqida xabar berishim mumkinmi?

Siz savolingizga javob topmadingizmi? Biz har qanday fikr-mulohazalarni, ayniqsa, texnik-muommolarni ehtiyotkorlik bilan o'rganib chiqamiz. Siz quyidagi yo'l bilan muammolar yuzasidan fikringizni bildirishingiz mumkin:

Siz dasturdagi Yordam > Bizga bog'laning bo'limidan foydalansangiz bo'ladi.

Xatolarni quyidagi havola orqali xabar qilishingiz mumkin: https://www.getcontact.com/send-report

E-mail: support@getcontact.com

Iltimos, elektron pochtangiz orqali bizga xabar berganingizda quyidagi ma'lumotlarni ma'lum qilishni unutmang!

  • Telefon raqami:
  • Joriy mamlakat:
  • Platforma (Android, IOS, Internet):
  • Dastur versiyasi:
  • Mavzu:

Obuna to'plamlarining afzalliklari qanday?

Getcontact Premium'da takrorlanmas qulayliklar bilan bir qatorda sizda bir nechta eksklyuziv xususiyatlarga ega bo'lish imkoni mavjud:

- Reklamasiz foydalanish: dasturdagi hech qanday reklamani ko'rmaysiz.

- Batafsil qidirish imkoniyati: Qidirish hajmlari Premium va/yoki undan yuqori obunalarda oshadi. Siz standart foydalanuvchidan ko'ra ko'proq qidiruv hajmlariga ega bo'lasiz.

- Qidiruv statistikasi: Raqamingiz qachon va necha marta qidirilganligini ko'rishingiz mumkin bo'lgan hisobot sahifasi bo'ladi.

- Sizning teglaringizni kim ko'rgan? : Premium va/yoki yuqori obunalar bilan teglaringizni kim ko'rganini ko'rishingiz mumkin.

Kontaktlardagi shaxsiy yozuvlarimdan ham nusxa olinadimi?

Getcontact faqat telefoningiz formati va siz joylashgan mamlakat tomonidan o'rnatilgan parametrlar doirasida siz rozilik bergan kontaktlaringizni qayta ishlaydi. Telefoningiz formatiga mos kelmaydigan har qanday ma'lumotlar qayta ishlanmaydi va biz tomonimizdan saqlanmaydi. Agar siz to'planishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar turi va ularning qanday maqsadlarda ishlatilishi to'g'risida ko'proq ma'lumot olishni istasangiz, bizning Maxfiylik siyosatimizda mavjud tegishli bo'limlar bilan tanishing.