iooo.ru sayti foydalanuvchisi o'zining avtoulov sotib olgandan va tegishli forumda ro'yxatdan o'tgandan so'ng avtomobillarga xizmat ko'rsatish markazi tomonidan ko'plab qo'ng'iroq bo'lganini aytadi. U Getcontact yordamida ushbu qo'ng'iroqlardan qutulganini aytadi, hamda hammangizga sizning ruxsatingizsiz ma'lumotlaringizni almashadigan bunday veb-saytlarga qarshi Getcontact ilovasidan foydalanishni maslahat beradi.
Getcontact ilovasidan ilhomlantiruvchi hikoyalar!
Ushbu sahifadagi ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlardagi postlardan va veb-saytimizdan olingan.
MigReview veb-saytidagi postda aytilishicha Getcontact telemarketing va turli xil xizmatlar to'g'risidagi reklama qo'ng'iroqlari kabi zararli qo'ng'iroqlarni aniqlash orqali vaqtingizni tejashini ta'kidlaydi.
@mary_ramon nomli Instagram foydalanuvchisi Getcontact tufayli sug'urta kompaniyalarining doimiy qo'ng'iroqlaridan qanday qutulganini aytib beradi. Uning ta'kidlashicha, boshqa foydalanuvchilar raqamni qanday saqlaganliklarini ham ko'rishlari mumkin. mary_ramon ba'zida juda kulgili nomlarni ko'rgan ekanligini aytadi.
@DruzNeSanek nomli Pikabu foydalanuvchisi aytishicha do'stlaridan biri uyiga ichimlik suvi filtrlash tizimini sotib olgan va o'z telefon raqamini ushbu o'sha kompaniyaga berganidan so'ng ular qayta-qayta qo'ng'iroq qila boshlagan. U Getcontact ilovasining spam belgilash xususiyatidan foydalangan holda ushbu kompaniyaning qo'ng'iroqlaridan qutulish mumkinligini aytadi va hammaga Getcontact ilovasini tavsiya qiladi.
@tehnoezh nomli Instagram foydalanuvchining so'zlariga ko'ra, uni har doim noma'lum raqamlar bezovta qilishgan va u yechimni Getcontact orqali topgan. Bundan tashqari, Getcontact'ning qo'ng'iroqlarni aniqlash xususiyati yordamida kim qo'ng'iroq qilayotganini ko'rish va shu tarzda keraksiz qo'ng'iroqlardan qutulish mumkinligini qo'shimcha qildi.
@Типичная Елабуга nomli VK foydalanuvchisi mashhur ilova orqali taksiga qo'ng'iroq qilganini, lekin taksi kelmaganiga qaramay uning kredit kartasidan pul yechib olinganligini aytadi. U Getcontact ilovasi orqali taksi haydovchisining raqamini qidirib toparkan, uning raqamiga "kelmaydi" deb yorliq qo’shilganligini aniqladi.
@Интермонитор nomli Yandex Zen foydalanuvchisi o'zining ish joyidagi muammolari haqida gapirib berdi. U ishlagan korxonada soliq tekshiruvi o’tkazilganidan so’ng korxonaning noqonuniy faoliyat olib borganligi aniqlangan, kompaniyani Sergey ismli shaxs boshqargan. Shuningdek, u o'zini o'zini Sergey deb tanishtirgan bu odam ishchilarni sug'urta qilmagan va ish haqini o'z vaqtida to'lamagan. Интермонитор Sergeyning bu voqea to’g’risida jurnalistlar bilan bo'lgan intervyusida ham o’z familiyasini yashirishga uringanini va Getcontact ilovasi orqali uning kimligini hamma bilib olishi mumkinligini ta'kidlagan.
@uskoksana ismli Instagram foydalanuvchisi, Getcontact ilovasining qo'ng'iroq qiluvchini aniqlash xususiyati orqali noma'lum raqamdan bo’layotgan kiruvchi qo'ng'iroqni aniqlay olishini aytdi. U shu tarzda kompaniyalarning keraksiz qo'ng'iroqlaridan qutulish mumkinligini ta'kidlagan, shuningdek uskoksana, boshqa odamlar o'z kontaktlarida uni qanday nom bilan qayd etganliklarini ham ko'rish mumkinligini aytadi.
Все о компьютерах в Красном луче nomli VK foydalanuvchisining so'zlariga ko'ra, smartfonlar bizning hayotimizni osonlashtirish bilan birga, biz uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, bizga savdo agentlari va firibgarlar doimiy ravishda qo’ng’iroq qiladi. U Getcontact yordamida bunday keraksiz qo'ng'iroqlardan qutulish mumkinligini aytadi.
@detectivenigma ismli VK foydalanuvchisi noma'lum yoki yashirilgan telefon raqami kimga tegishli ekanligini aniqlash usullari haqida aytib o’tdi. Uning so'zlariga ko'ra, eng yaxshi usul bu avvalo qo'ng'iroq tafsilotlarini aniqlash xizmati orqali yashirilgan raqamni aniqlash, so’ngra uni Getcontact orqali qidirish.