Xavfsizlik,
Spamdan himoyalash

Xavfsizligingiz biz uchun muhim. Biz har kuni ehtimoliy firibgarlik hamda spam chaqiruvlarini aniqlash uchun minglab telefon chaqiruvlarini tahlil qilamiz. Maqsadimiz – zararli raqamlarni bloklash orqali xavfsizligingizni taʼminlashdir.

Messenger

Ajoyib suhbat vositasi bo’lgan Getcontact Messenger bilan tanishing! Yangi ishlab chiqilgan Chatlar funksiyalari bilan sizga maxfiyligi yanada orttirilgan suhbatlashish imkoniyatini taqdim etamiz.

#teglar

Getcontact ilovasining samaradorligi foydalanuvchilar hamjamiyatining faollik darajasiga bogʻliqdir. Foydalanuvchilar chaqiruvlarni tekshirish hamda “Teg yaratish” parametri yordamida kontaktlarni tasdiqlash orqali profillar maʼlumotlar bazasini kengaytiradi.

Masalan, bir foydalanuvchi boshqa bir foydalanuvchi profilini “Elektrik” tegiga bogʻlashi mumkin. Bu tegni yaratgan foydalanuvchi ushbu tegni tahrirlash yoki oʻchirib tashlash imkoniyatiga ega.

Bir nechta platformada ishlash

Getcontact ilovasidan kompyuterda, shuningdek, mobil telefoningizda ham foydalanishingiz mumkin.
Tanishish uchun web.getcontact.com manziliga kiring.

Maʼlumotlar xavfsizligi va maxfiyligi

Foydalanuvchi maxfiyligini himoya qilish Getcontact uchun eng muhim ahamiyatga ega. Biz buning uchun GDPR mezoni ostida eng yuqori darajadagi texnik va operatsion muvofiqlik choralarini ko’ramiz. Shuning uchun siz o’z shaxsiy profilingiz va maxfiylik sozlamalaringiz ustidan to'liq nazorat qila olishingiz, jumladan profilingiz oshkoraligi sozlamalarini boshqarish, teglarni va profilning ko'rinishini o'zgartirish, kontakt profilingizni o'chirish yoki ro’yxatdan chiqarish va hokazolarni osonlik bilan boshqarishingiz uchun to’laqonli Maxfiylikni boshqarish markazini ishlab chiqdik…

Chaqiruvchini aniqlash

Sizga kim telefon qilayotganini bilishga haqqingiz bor! Notanish chaqiruvchining kimligini Android qurilmangizda darhol bilib oling.

Ishonch reytingi

Biror kishi bilan biznes qilishdan oldin, u kishining Ishonch reytingini tekshiring! Bizning sunʻiy intellektli texnologiyamiz foydalanuvchilarning soʻnggi fikr-mulohazalari, spam amaliyotlar va oʻnlab turli xil algoritmlar bilan quvvatlangan va biz ushbu texnologiyadan foydalanib har bir telefon raqami uchun ishonch reytingini hisoblab chiqamiz.

iPhone uchun yorliqlar

Telefoningizda chaqiruvlar tarixiga kiring.

“i” belgisini bosib kerakli raqam tafsilotlarini oching.

Raqam tafsilotlaridagi “Share Contact” tugmasini bosing.

Agar ekranda Getcontact varianti mavjud boʻlmasa, “Yana” tugmasini bosing va Getcontact parametrini yoqing.

Endi hatto Getcontact ilovasini ochmasdan, chaqiruvlar tarixi orqali telefon raqamlarini aniqlashingiz mumkin.